Anchelotti: 40 yoshdagi Modrich hali ham to‘pning ustasi

Karlo Anchelotti o‘zining sobiq shogirdi, jahon futbolida asr ramziga aylangan Luka Modrich haqida yana bir bor katta ehtirom bilan gapirdi. Italyan mutaxassisiga ko‘ra, 40 yoshga yaqinlashganiga qaramay, xorvat yarim himoyachi hali ham elita darajasida o‘ynab, barcha kutganlardan yuqori natija ko‘rsatayotgani hech qanday tasodif emas.
Yozda “Real” bilan shartnomasi yakunlangan Modrich erkin agent sifatida “Milan” safiga qo‘shilgandi. Ammo yosh bilan bog‘liq savollar, turli taxminlarga qaramay, u Italiya chempioni tarkibida ham to‘pni o‘zining o‘sha mashhur zavqi va "klassi" bilan taqsimlashni davom ettirmoqda.
Anchelotti bu holatni shunday izohlaydi:
Uning so‘zlariga ko‘ra, Modrichning hozirgi formasi unchalik ham ajablanarli emas. Chunki xorvat yulduzning asosiy maqsadi bor — kelayotgan Jahon chempionatida yana bir bor sahnaga chiqish. Shu niyat, shu intilish uni har mashg‘ulotda, har o‘yinda maksimal darajada mehnat qilishga undaydi.
Anchelotti aytishicha, “Real”dagi vaqtida Modrich birorta mashg‘ulotni o‘tkazib yubormasdi — hatto kuchli talablar, uzoq safarlar yoki qisqa tiklanish davrlariga qaramay.
Uning so‘zlari juda qisqa, lekin juda aniq:
“Bu — genetika va kasbiga bo‘lgan jiddiy munosabat. Hammasi shunchaki sodda.”
Anchelotti, shuningdek, “Modrich fenomenmi yoki A Seriya mehmon futbolchilar uchun qulay liga?” degan savollarga ham javob berdi. Uningcha, bunday gaplar mutlaqo jiddiy yondashuv emas:
“Hech qanday hazil kerak emas. Luka hali ham dunyodagi eng yuqori darajadagi yarim himoyachilardan biri.”
E’tiborga molik yana bir jihat — “Milan” rahbariyati Modrichning o‘yin sifati va tajribasidan juda mamnun. Shu bois klub unga yana bir mavsumlik shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Anchelotti bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, shunday deydi:
“U hali muammosiz yana bir mavsumni yuqori darajada o‘tkaza oladi.”
Xulosa qilib aytganda, 40 yoshga yetgan futbolchi uchun bu darajadagi o‘yin deyarli mo‘jiza hisoblanadi. Ammo Modrichning o‘zi — bir umrdan beri mo‘jizalar yaratib kelayotgan futbolchi.
Shaxsan Anchelotti esa uning hali bir necha mavsum yuqorini zabt etishidan umidvor.
Luka Modrich, Karlo Anchelotti, Milan Klubi, Jahon Chempionati, Italiya Chempioni