
Italiya terma jamoasi va Milan "Inter" klubi sobiq darvozaboni Janluka Paluka zamonaviy futboldagi eng yaxshi darvozabonlar roʻyxatini eʼlon qildi. U oʻzining reytingida italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummani ham kiritgan.
"Menimcha, dunyoning eng kuchli darvozabonlari Donnarumma, Emiliano Martines va Tibo Kurtua. Italiya futbolida esa yaqinda "Kalyari" klubi darvozaboni Elia Kaprile, shuningdek, Karnesekki va Di Gregorio oʻz oʻyinlari bilan meni hayratda qoldirdi.
Lekin ochigʻini aytganda, ular 1990-yillar darvozabonlari darajasiga yetisholmaydi, bu butunlay boshqa daraja", – deydi Paluka pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Janluka Paluka oʻz futbolchilik faoliyatini 2007-yilda yakunlagan.
Italiya Futboli, Zamonaviy Darvozabonlar, Janluka Paluka, Milan Inter, Tibo Kurtua
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing