07:58 / 15.11.2025
2 520

Italiya klubi Madridning "Real"idan yordam so'radi


Italiyaning mintaqaviy chempionatlaridan birida qatnashuvchi "Real San Jovani" klubi taniqli Madridning "Real" jamoasiga murojaat qildi. Klub matbuot xizmati madridliklardan o'z futbolchilarini ruhlantirish uchun ilhomlantiruvchi xabar yozib yuborishni so'radi.

Ajablanarlisi shundaki, "Real Madrid" tezda javob qaytarib, nafaqat qo'llab-quvvatlovchi so'zlar, balki o'zining eng yaxshi futbolchilarining imzosi tushirilgan suratlar to'plamini ham yubordi. "Bizga murojaat qilganingiz uchun katta rahmat!

Ajoyib so'zlaringiz uchun minnatdormiz! Bizni shunday muxlislar qo'llab-quvvatlayotgani juda yoqimli!

Sizlarga "Real" futbolchilarining imzolangan suratlarini yuboramiz. Yangi mavsumda omad tilaymiz va yana bir bor sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Chin yurakdan, Real Madrid Club de Futbol", - deb yozdi madridliklar matbuot xizmati. "Real Madrid" ayni damda Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda.

Italiya Chempionati, Real Madrid, Real Sanjovani, Futbolchilar Imzosi, Yangi Mavsum
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing