
15-noyabr, shanba kuni Toshkentda havo ochiq bo‘lib, harorat +18…+20° atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shamol mo‘tadil bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekiston hududlarida havo harorati +17…+22° oralig‘ida o‘zgaradi.
Hududlarda shamol tezligi 12 m/soniyagacha kuchayishi mumkin (Bofort shkalasi bo‘yicha «kuchli» hisoblanadi). Tog‘li hududlarda havo harorati +12…+17° gacha ko‘tariladi.
Bugun respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent Havo, O‘zbekiston Hududlari, Tog‘li Hududlar, Havo Harorati, Shamol Tezligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing