14:20 / 14.11.2025
737 874

Inter, Roma va Napoli Santana uchun kurashmoqda


Verona klubining hujumkor yarim himoyachisi Jioovane Santana Italiya chempionatining bir nechta jamoalari eʼtibor markazida. Football-Italia xabariga koʻra, 21 yoshli braziliyalik vingerga Milaning Inter, Roma va Napoli klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining transfer qiymati 15-20 million yevro atrofida baholanmoqda. Santana oʻtgan yozda Korintiansdan Veronaga koʻchib oʻtgandi.

U joriy mavsumda oʻnta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Italiya chempionatining 11-turidan soʻng Verona 6 ochko bilan turnir jadvalida oxirgi oʻrindan bir pogʻona yuqorida joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing