17:17 / 16.12.2025
1 745

O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chishi xavfi bor

O‘zgidromet O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida xavfli tabiiy holat kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 17–22 dekabr kunlari yog‘ingarchilikning ko‘payishi va havo harorati o‘zgarishi ortidan ayrim viloyatlarda qor ko‘chishi ehtimoli oshadi.

Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li tumanlarida ushbu xavf prognoz qilinmoqda. Ayniqsa, tog‘ yetaklarida joylashgan aholi punktlari hamda dam olish maskanlarida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Mutaxassislar mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, sayyohlar va yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda. Bir lahzalik bee’tiborlik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing