18:27 / 16.12.2025
1 700
Karim Adeyemi sevgilisi sabab Dortmunddan ketishi mumkin

Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Karim Adeyemi jamoasini tark etishi mumkin. Bild nashrining yozishicha, bunga futbolchining sevgilisi, taniqli rep ijrochisi Loredana Cefi bilan bog'liq holat sabab bo'lmoqda.
Manbaga ko'ra, Loredana sanoat shahri bo'lgan Dortmundda yashashdan zerikkan va kelajakda Adeyemidan klubini o'zgartirishni so'ragan. U katta Yevropa shahrida yashashni istamoqda.
Qayd etilishicha, Adeyemi allaqachon yangi klub topish maqsadida agentini ham almashtirgan. O'tgan noyabr oyida futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha uchta klub nomi tilga olingan.
Adeyemi joriy mavsumda 23 yoshida “Borussiya” safida 6 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Karim Adeyemi, Loredana Cefi, Dortmund shahri, Yevropa shahri, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Karim Adeyemi Dortmundi tark etmoqchi
15 yoshli Loran Simons fizika bo‘yicha ikkinchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi
YECHLda sensatsion tun: kutilmagan natijalar, kuchli dramatik bahslar...
Dortmundda "Borussiya" yomg'ir ostida g'alaba qozondi
Niki Minaj Nigeriyadagi nasroniylar haqida gapirdi