
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ikki hokim va ularning o‘rinbosarlarini ishdan oldi. Lavozimidan ozod etilganlar qatorida Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov, Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov va ularning o‘rinbosarlari bor.
Abrorov 2023-yil yanvar oxiridan 2025-yil noyabrigacha Denov tumani hokimi lavozimida ishlagan. Yusupov esa 2023-yil avgustidan joriy yil noyabrigacha Chiroqchi tumaniga rahbarlik qilgan.
Ularning ishdan olinishi sababi – qashshoqlikka qarshi kurashdagi sust natijalar bo‘ldi. Yig‘ilishda Denov tumanida aholiga ish bilan ta’minlash masalasi e’tiborsiz qoldirilgani qayd etildi.
Tumanga Uzun tumaniga qaraganda 4,5 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, 1,2 ming oilaning daromadida o‘zgarish kuzatilmagan. Xuddi shunday vaziyat Chiroqchi tumanida ham kuzatildi.
Bu yilda tumanda mahallalardagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 309 milliard so‘m kredit ajratilgan, ammo tuman rahbariyati tomonidan aholiga bitta ham tayyor loyiha taklif qilinmagan. Yig‘ilishda davlat rahbari Uzun tumani tajribasini misol sifatida keltirdi.
Tumanning rahbariyati 70 million dollar xorijiy investitsiyani jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Denov va Chiroqchi hokimlari ishdan olinishi belgilandi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 300 mln so‘mgacha shartsiz kredit beriladi