12:10 / 15.11.2025
3 161

Toshkentdan Londonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar boshlanadi — Qanot Sharqdan yangi yo‘nalish

O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi 2025-yil 15-dekabrdan boshlab Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Mazkur qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Parvozlar aviakompaniyaning yangi avloddagi Airbus A321-XLR samolyotlarida bajariladi.

Aviakompaniya Londondagi Gatvik xalqaro aeroporti (LGW)ga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya aviatsiya ma’muriyatlari o‘tgan yili Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan ICAO "ICAN–2024" sammiti doirasidagi uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini kengaytirish masalasida kelishuvga erishgan edi.

Yangi yo‘nalish ishga tushirilgach, Toshkent va London o‘rtasidagi parvozlar yo‘lovchilar uchun qulayroq, tezroq va bevosita amalga oshiriladi.


Qanot Sharq, Toshkent London, Muntazam Parvozlar, Airbus A321, Gatvik Aeroporti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing