
15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev «Ko‘ksaroy» qarorgohida tor doirada muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya hamda IT sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar chog‘ida joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo aylanmasi 4 milliard dollarga yetgani qayd etilib, bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq loyihalar portfelini tayyorlagani, investitsiya platformasi yaratish rejalari mavjudligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari mintaqalararo hamkorlikni kengaytirishga kelishib, 2026 yilda Qozog‘istonda birinchi mintaqalar rahbarlari kengashini o‘tkazishga qaror qilishdi.
O‘zbekiston Prezidenti, Qozog‘iston Prezidenti, Savdo Aylanmasi, Sanoat Kooperatsiyasi, Mintaqalar Hamkorligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmi 4 milliard dollarga yetdi — hamkorlik yangi bosqichda
Markaziy Osiyo: o‘zaro savdo maqsadi – $20 mlrd
Markaziy Osiyo yangi tarixiy yuksalish ostonasida turibdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik ittifoqni mustahkamlamoqda
Mirziyoyev Tokayevni Toshkent-Humo aeroportida kutib oldi