11:20 / 15.11.2025
1 912
Qanot Sharq Toshkentdan Londonga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Parvozlar 2025-yil 15-dekabrdan haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Ular aviakompaniya uchun yangi bo‘lgan samolyot turi – Airbus A321-XLR yordamida bajariladi.
Buyuk Britaniyada samolyotlar Gatvik xalqaro aeroportiga (Gatwick, LGW) qo‘nadi. Bungacha O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar sonini oshirishga kelishib olingandi.
Bundan tashqari, avvalroq Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Maldiv orollariga parvozlarni boshlashi haqida xabar berilgandi.
Qanot Sharq, Toshkent London, Transport Vazirligi, Airbus A321, Buyuk Britaniya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar