14:21 / 15.11.2025
2 245

Lionel Messi bilan bitta selfi narxi ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi hamda sardori Lionel Messi 2025 yil 13–15 dekabr kunlari Hindistonda o‘tadigan tur doirasida har bir uchrashuv uchun 107 ming dollargacha daromad ko‘radi, deb xabar bermoqda Championat.com nashri.

Bu haqda Hindistonning NDTV Profit nashri ma’lum qildi.

Janubiy Amerika forvardi tur doirasida uchta shaharga — Kalkutta, Mumbay va Dehliga tashrif buyuradi. Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibini ko‘rishni istaganlar uchun odam soniga qarab turpaketlar tayyorlangan. Masalan, argentinalik yulduz bilan uchrashishni istagan bir muxlis 11 ming dollar to‘laydi, to‘rt nafarlik oila uchun bu summa 28 ming dollarni tashkil etadi, 10 nafardan iborat guruh uchun esa 107 ming dollarga tushadi.

Paket narxiga Messi bilan uchrashuv, suratga tushish imkoni, Argentina terma jamoasi futbolkasining avtografli nusxasi, shuningdek, hujumchining ko‘rgazmali penaltilar seriyasini tomosha qilish va kechki ovqat kiradi.


Lionel Messi, Argentina Jamoasi, Inter Mayami, Hindiston Safari, Oltin To'p
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing