14:57 / 15.11.2025
1 844

Lukas Paketa "Vest Hem"ni tark etmoqchi


Braziliyalik yarim himoyachi Lukas Paketa yozgi transfer oynasida "Vest Hem"ni tark etishi mumkin. Globo Esporte xabariga koʻra, Paketa qishki transfer oynasida klubni tark etmaydi, biroq u keyingi yozgi transfer davridan soʻng jamoani tark etish niyatida.

"Vest Hem" oʻz futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, Paketa oʻtgan yozda "Flamengo"ga qaytishi mumkin edi, biroq u "Vest Hem"ga hurmat sifatida bunday transferni talab qilmagan.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 11 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.


Lukas Paketa, Vest Hem, Yozgi Transfer, Angliya Premyer-ligasi, Flamengo Klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing