12:58 / 15.11.2025
1 440

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet 17–20-noyabr kunlari uchun batafsil ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Mamlakatning ko‘pchilik hududlarida hafta boshi nisbatan sokin, yengil shamolli va yog‘ingarchiliksiz o‘tishini kutmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, hech qanday yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharq tomondan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, 20 noyabrda 0–5 darajagacha tushishi mumkin. Kunduzi esa 17 noyabrda 17–22 daraja iliq bo‘ladi, keyingi kunlarda 10–15 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo shu kunlarda ham o‘zgaruvchan va qurg‘oq bo‘lib qoladi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja atrofida saqlanadi. 19–20 noyabr kunlari esa kichik pasayish kutiladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzah hududlarida ham ob-havo tinch: yog‘ingarchilik ro‘y bermaydi, shamol sharqdan yengilgina esadi. Kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq, hafta o‘rtasida esa 13–18 darajaga tushadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida asosan iliq ob-havo hukmron. Kunduz kuni 19–24 daraja iliq bo‘lib, 19–20 noyabrda 14–19 darajagacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi: yog‘ingarchilik kutilib turilmaydi. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘lib, hafta davomida 12–18 daraja atrofiga tushadi.

Tog‘li hududlarda asosan yog‘ingarchiliksiz kun kutilmokda, faqat 19 noyabrda ayrim mintaqalarda yomg‘ir yoki qor ehtimoli bor. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘lib, 19–20 noyabrda biroz sovuqlashib, 8–13 daraja iliq bo‘lishi kutilayapti.


Ob Havo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent Shahri, Tog‘li Hududlar, Iliq Kunlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing