
Nyukasl bosh murabbiyi Eddi Xau joriy mavsum oxiriga qadar isteʼfoga chiqarilmaydi. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manbalarga koʻra, "Qargʻalar" rahbariyati Eddi Xauning oʻrniga Bornmut jamoasi murabbiyi Andoni Iraolani koʻrib chiqmoqda. Agar manbalarning maʼlumotlari toʻgʻri boʻlsa, Nyukasl egalari 43 yoshli ispan mutaxassisni Angliya Premer-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiylardan biri sifatida taklif qilishga tayyor.
Eddi Xau 2021 yildan beri Nyukaslni boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida 11 turdan keyin 14-oʻrinni egallab turibdi va 12 ochko jamgʻargan.
22-noyabr kuni Nyukasl oʻz maydonida Manchester Siti bilan kuch sinashadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing