Asal va Aziza Axralxo‘jayevalar: “Biz bog‘chadan san’atgacha birga kelgan opa-singilmiz!” (video)

Aktrisa opa-singillar Asal va Aziza Axralxo‘jayevalar “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lishdi. So‘ng tezda qizg‘in suhbat boshlanib ketdi.
Boshlovchilardan biri “Kim avval san’atga kirib kelgan?” degan savolni o‘rtaga tashlaganda, Asal odamlarda shakllangan fikrni rad etdi: “Ko‘pchilik meni birinchi kirgan deb o‘ylaydi, lekin aslida men singlimning orqasidan san’atga kirib kelganman,” — dedi Asal.
Aziza esa opa-singillar o‘rtasidagi yaqinlikni yanada ochib beruvchi faktni qo‘shimcha qildi: “Biz hatto bog‘chaga ham birga borganmiz, maktabda ham bir partada o‘tirganmiz. Kollejda ham kursdosh bo‘lganmiz,” — deya kuldi Aziza.
Ko‘rsatuv davomida ijodkorlar tomonidan tuzilgan blits savollarga samimiy, hazilomuz va juda quvnoq tarzda javob berib, boshlovchilarni kuldirishdi.
Barcha berilgan savollarni va javoblarni ko‘rsatuv videosidan tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.
Opa-singillarning samimiy chiqishi tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Asal Axralxo‘jayeva, Aziza Axralxo‘jayeva, Opa- Singillar, Omon- Omon, Samimiy Suhbat