Malika Rahmonovaning yashirin dardlari: nega u 5 yil farzand ko‘ra olmadi?

Aktrisa Malika Rahimova oxirgi intervyusida o‘z hayotidagi eng og‘ir va eng qimmatli davrlar haqida ochiq gapirdi. U “Mirsodiqova bilan” loyihasida nafaqat ijodiy yo‘li, balki onalikkacha bo‘lgan mashaqqatli safarini ham eslab o‘tdi.
Aktrisaning aytishicha, talabalik paytlari moddiy qiyinchiliklar tufayli supermarketda qorovul sifatida ishlagan. Ilk bor bolalar maydonchasida tarbiyachi bo‘lib xizmat qilgan Malikaga keyin videokuzatuv bo‘limiga o‘tish taklif qilingan. U shu yerda o‘g‘rilarni ushlab, ishga tez ko‘nikkan. Keyin esa temir yo‘l vokzaliga ishga taklif etilgan.
Teatrida shtat bo‘sh emasligi tufayli avval sinov muddatida yurgan. Lekin vaqt o‘tib, rejissyor yordamchisi sifatida yarim shtatga qabul qilingan. Bugun esa u teatrning birinchi toifali aktrisasi hisoblanadi.
Vokzalda ham to‘liq shtatda ishlagan aktrisa portlovchi moddalarni tekshirish apparati orqali yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlab kelgan.
Biroq uning shaxsiy hayotida eng og‘ir zarba — 5 yil davomida farzandli bo‘lolmagani bo‘lgan. Shu qiyinchilikdan siqilgan paytda u singlisining qizini asrab olish haqida o‘ylaganini ham yashirmadi.
“Singlim: 'Xudo o‘zingizga ko‘p farzand beradi', degan. Lekin menda umid qolmayotgan edi”, — deydi aktrisa.
Oradan vaqt o‘tib, u EKU qildirishga qaror qilgan va aynan shu tekshiruv paytida o‘zining tabiiy ravishda homilador ekanini bilgan. Bu xabar uning hayotini tubdan o‘zgartirgan.
Hozir esa Malika Rahimova ta’tilda, farzandlari tarbiyasi bilan band. U onalik baxtini uzoq kutgan bo‘lsa-da, bugun shukronalik bilan yashamoqda.
Malika Rahimova, Aktrisa Hayoti, Onalik Baxti, Og‘ir Davrlar, Ijodiy Yo‘l