22:31 / 16.11.2025
1 869

Yaponiya O‘zbekistonga mammografik uskunalar beradi


2025-yil 14-noyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kendi Xirata va sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi doirasida grant yordamiga oid hujjatlarni imzoladi. Loyiha qiymati 859 million iyena (taxminan 5,6 million AQSh dollari)ni tashkil etadi.

Ushbu dastur doirasida Toshkent va viloyatlardagi 17 ta davlat shifoxonasiga yangi yapon mammografiya uskunalari yetkazib beriladi. Bu mamlakat bo‘ylab mammografik tekshiruvlarga kengroq imkoniyat yaratib, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash imkoniyatlarini oshiradi.

Bunday tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha qaror 2022-yil dekabr oyida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qo‘llab-quvvatlangan edi. O‘sha yig‘ilishda Tokio inson kapitalini rivojlantirish va sifatli o‘sishga investitsiya kiritish niyatini e’lon qilgan edi.

Yaponiya Elchisi, Sog'liqni Saqlash, Iqtisodiy Rivojlanish, Davlat Shifoxonalari, Ko'krak Saratoni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing