23:48 / 16.11.2025
1 668

Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

O‘zgidromet 17–20-noyabr orasida respublika bo‘ylab kutilgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning deyarli barcha hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ammo asosan yog‘ingarchiliksiz kunlar ustunlik qiladi. Haroratda biroz pasayish kuzatiladi, ayniqsa haftaning ikkinchi yarmida salqinlik sezilarliroq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo o‘zgaruvchan, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib turadi. Harorat kechasi 17–19-noyabrda 2–7 daraja iliq, 20-noyabrda esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi 17-noyabrda 17–22 daraja iliq bo‘lsa, 18–20-noyabrda 10–15 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham shunga o‘xshash manzara kuzatiladi: yomg‘irsiz, shamolli va o‘zgaruvchan kunlar. Harorat 17–18-noyabrda kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja atrofida bo‘ladi. 19–20-noyabr kechalari 2–7 daraja iliq, kunduzi esa 13–18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham xavo musaffo, yog‘ingarchilik ehtimoli past. Kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 17–18-noyabrda 17–22 daraja, 19–20-noyabrda 13–18 daraja iliq bo‘ladi. va shamol 7–12 m/s atrofida esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo nisbatan iliqroq saqlanadi. Kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 17–18-noyabrda 19–24 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 19–20-noyabrda esa harorat 14–19 darajagacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan, biroq yomg‘irsiz bo‘ladi. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 17–18-noyabrda 15–20 daraja atrofida. 19-noyabrda 13–18 daraja, 20-noyabrda esa 12–17 daraja iliq bo‘lishi aytilmoqda.

Tog‘li hududlarda asosan quruq ob-havo kutilsa-da, 19-noyabr kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik — yomg‘ir yoki qor qayd etilishi mumkin. Harorat kechalari 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja; 19–20-noyabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.


Ob Havo, Harorat Pasayishi, Respublika Hududlari, Yomg‘irsiz Kunlar, Shamol Tezligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing