22:33 / 16.11.2025
2 507

Rossiya chet el haydovchilik guvohnomalarini tan olish qoidalari


Rossiya faqat rus tili rasmiy til bo'lgan davlatlarning haydovchilik guvohnomalarini tan oladi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, rus tili rasmiy til sifatida tan olinmagan davlat fuqarolari Rossiyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon topshirishlari kerak. "Rus tilini bilish – chet el haydovchilik guvohnomalarini tan olish uchun asosiy talabdir", – dedi Volodin.

Shu bilan birga, Rossiyaning yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, Rossiya xalqaro kelishuvlariga mos kelmaydigan chet el guvohnomalari rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi yoki barcha yozuvlari to'g'ridan-to'g'ri rus tilida bo‘lgan taqdirda amal qiladi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda beriladigan haydovchilik guvohnomalari rus va ingliz tillariga tarjima qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing