18:23 / 19.12.2025
3 329

Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi

Navoiy viloyati Karmana tumanida bir oila uchun tun fojia bilan yakunlandi. Is gazidan zaharlanish oqibatida ota va uning o‘g‘li hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 dekabr kuni oila a’zolari sovuq sabab isinish pechini yoqib uxlagan. Ota S.Ya. o‘g‘li S.A. bilan oshxonada, ona M.Ya. esa ikkinchi farzandi bilan yotoqxonada dam olayotgan bo‘lgan. Biroq pech mo‘rilaridan chiqqan is gazi halokatli oqibatga olib kelgan.

Natijada ota va o‘g‘il voqea joyida vafot etgan. Ona va yana bir farzand esa zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar ularning ahvolini o‘rtacha, deb baholamoqda.

Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, halok bo‘lgan ota-bolaning o‘limi o‘tkir is gazi zaharlanishi bilan bog‘liq. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Qisqasi, oddiy ehtiyotsizlik yana bir oilani qayg‘uga soldi. Mutaxassislar esa isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor eslatmoqda.


Is gazi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Oila fojiasi, Xavfsizlik qoidalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing