Rossiya Xitoyga neftni rekord miqdorda arzon narxda sotmoqda

Rossiya neft kompaniyalari Hindiston zavodlari rad eta boshlagan partiyalarni sotish uchun Xitoyga yuqori chegirmalar bilan neft yetkazmoqda.
Boltiq dengizida Urals nefti o‘rtacha bir barrel uchun 21,5 dollar, Qora dengizda esa taxminan 20 dollar bilan sotilmoqda. Bu narxlar 2025-yil boshiga nisbatan 40 foizga arzonlashganini ko‘rsatadi. Rossiyaning asosiy eksport nefti o‘rtacha 40 dollar atrofida sotilmoqda.
Sanksiyalar kuchaytirilgani sababli Gretsiyaning tanker kompaniyalari Rossiya neftini tashishdan bosh tortmoqda. Shu bois, rejalashtirilgan eksport hajmini ta’minlash uchun Rossiyaga yana 50 ta tanker yetishmayapti.
Urals narxining pasayishi Rossiya byudjeti uchun qo‘shimcha muammolar keltirishi mumkin. Bu yil xomashyo daromadlari 20 foizdan ortiq kamaygan.
Rossiya nefti, Hindiston zavodlari, Xitoy bozori, Urals narxi, Sanksiyalar ta’siri