20:34 / 19.12.2025
1 816

Putin: Rossiya odamlarning o‘limi uchun javobgar emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-dekabr kuni ochiq muloqotda Ukrainadagi harbiy harakatlar va xalqaro munosabatlar bo‘yicha fikrlarini bildirdi. U Ukrainadagi saylovlar xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini va mamlakat ichkarisiga zarba bermaslik masalasini ko‘rib chiqishini aytdi.

Putin odamlarning o‘limi uchun Rossiyani javobgar deb hisoblamasligini, lekin urushni boshlamaganligini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiya hududida yashovchi ukrainaliklarga ham saylovlarda ishtirok etish imkoniyati berilishi kerakligini ma’lum qildi.

Prezident Rossiyaliklar urushga 83 milliard rubl ($900 million) xayriya qilganini aytdi va NATO hamda Yevropaga doir savollarga “quruq safsata” deb javob berdi. U AQSHning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya dushman sifatida tilga olinmaganini ham eslatdi.

Putin Rossiya va Yevropa davlatlari o‘rtasida aktivlar musodara qilinsa, mamlakat sudlarda o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini bildirdi. U Buyuk Britaniya, Yevropa va AQSH bilan hamkorlikka tayyorligini, lekin bu teng huquq va hurmat asosida bo‘lishini ta’kidladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing