Yashil energiyaga imtiyoz: Tojikiston quyosh panellariga soliqni bekor qildi

Tojikistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy etiladi. Mamlakatda 2031 yil 1 yanvargacha quyosh panellari, energiyani saqlash moslamalari va ularning butlovchi qismlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilinadi.
Yangi qarorga ko‘ra, nafaqat uskunalar importi, balki quyosh panellari o‘rnatilgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun ham soliq yengilliklari nazarda tutilgan. Xususan, bunday obyektlar ishga tushirilgan kundan boshlab 5 yil davomida QQS to‘lamaydi.
Rasmiylar ushbu choralar aholining va biznesning muqobil energiya manbalariga qiziqishini oshirish, elektr energiyasiga bo‘lgan yuklamani kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
Tojikiston, Qayta tiklanadigan, Energiyani saqlash, Soliq imtiyozlari, Ekologik barqarorlik