14:20 / 01.12.2025
283 045

Toshkentda Onix YTH sodir etdi piyodani urib uchirib yubordi

Toshkentda yuz bergan og‘ir YTH bir inson hayotiga zomin bo‘ldi. Yunusobod tumanida 28 noyabr kuni soat 11:10 da Onix haydovchisi mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib ketdi. Bu haqda shahar YHXX xizmati ma’lum qildi.

Haydovchining nazoratni yo‘qotishi natijasida avtomashina avval piyodani, so‘ng o‘ng qatorda turgan Nexia-3 va Cobalt transport vositalariga kelib urilgan.

Afsuski, piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing