22:20 / 15.12.2025
3 416

Jahon banki O‘zbekiston infratuzilmasiga 250 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun 250 million AQSH dollarlik moliyalashtirish paketini tasdiqladi. Ushbu mablag‘ mamlakatning 16 tumani va shahrida infratuzilma va xizmatlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

Dastur taxminan 1 million kishining hayot sifatini yaxshilashi kutilmoqda. Loyiha "Yashash uchun qulay va samarali shaharlar dasturi" (Livable and Productive Cities Program, LPCP) doirasida amalga oshiriladi va aholi sonining tez o‘sishi sharoitida shaharlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qiladi, 2050-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshishi mumkin. Moliyalashtirish yo‘llarni, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini, jamoat transportini, bog‘lar va boshqa jamoat joylarini shuningdek, maktablar, bolalar bog‘chalari va tibbiy muassasalar kabi ijtimoiy infratuzilmani yangilashga yo‘naltiriladi.

Dastur 13 viloyat, jumladan Yangiyo‘l va Marg‘ilon shaharlarini hamda butun mamlakat bo‘ylab 14 tumanni qamrab oladi. Loyihani Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

2030 yilga kelib, dastur 300 ming kishini transport tizimlariga kirishini yaxshilash, 400 ming kishi uchun yangi bog‘lar va jamoat joylarini yaratish hamda qurilish sohasida 10 ming vaqtinchalik ish o‘rinlarini ta’minlashni rejalashtiradi. Yordam oluvchilarning yarmidan ko‘pi ayollar bo‘lishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing