23:53 / 18.11.2025
2 719

Toshkent bozorlarida suratga olish pullik bo‘ldi


Toshkent hokimligi shahar bozorlari va savdo majmualarida yangi tariflarni tasdiqladi. Tegishli qaror 18-noyabr kuni e'lon qilinib, kuchga kirdi.

Qarorga ko‘ra, bozor hududida tijorat maqsadida video va foto olish bir soat uchun 5 million so‘m etib belgilandi. Bu reklama roliklari, kliplar va boshqa tijoriy kontent yaratish uchun amal qiladi.

OAV hamda xorijiy mehmonlar uchun istisno kiritilgan. Shu bilan birga, bozor xizmatlarining, jumladan, avtoturargoh, inventar ijarasi va umumiy hududlarni xizmat ko‘rsatish narxlari qayta ko‘rib chiqildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing