Toshkentda avtomobillardagi noqonuniy reklamalarga chek qo‘yilmoqda

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan avtomobillarga qarshi reydlar kuchaytirildi, deb xabar berdi Shahar hokimligi.
Oxirgi tekshiruvlar davomida 470 ta avtomobil ko‘zdan kechirildi. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlangan. 389 nafar haydovchiga ogohlantirish xati berilgan, 1 ta avtomobil esa jarima maydoniga olib ketilgan.
Reyd tadbirlari Toshkent shahar hokimligi, IIBB YHXB va Raqobat qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, reklama joylashtirishni qonuniylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali maxsus reklama pasporti olish talab etiladi.
Tadbirlar reklama bozorida tartibni o‘rnatish, noqonuniy e’lonlar sonini kamaytirish va shahar ko‘rinishini yaxshilashga qaratilgan.
Reklama Pasporti, Toshkent Shahri, Noqonuniy E'lonlar, Shahar Ko'rinishi, Reyd Tadbirlari