00:20 / 19.11.2025
1 328

O‘zbekiston terma jamoasi finalda Eronni qanday mag‘lub etdi? (video)

Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahrida 4 ta milliy jamoa ishtirokida Al Ain Cup xalqaro turniri yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 18-noyabr kuni finalda Eron bilan to‘qnash keldi.

Birinchi bo‘limda Fabio Kannavaro shogirdlarining biroz ustunligi sezilib turdi. Ammo Otabek Shukurov, Oston O‘runov va Eldor Shomurodov qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. 72-daqiqada himoyachi Abduqodir Husanov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borayotgan eronlik futbolchini chalib yiqitgani uchun maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng, eronliklar to‘liq tashabbusga ega bo‘ldi, ammo O‘zbekiston darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Penaltilar seriyasida O‘zbekiston milliy jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Al-Ain Cup 2025. Final

18-noyabr, Abu Dabi, «Rashid Al Maktum» stadioni

O‘zbekiston - Eron 0:0 (pen. 4:3)


Al Ain, Abu Dabi, O‘zbekiston Jamoasi, Eron Futboli, Penalti Seriyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing