
24-dekabr holatiga ko'ra, O'zbekiston Markaziy banki dollarning rasmiy kursini 12 052,33 so'm darajasida belgiladi. Ushbu ko'rsatkich avvalgi kursga nisbatan 41,9 so'mga oshgan.
Shuningdek, Markaziy bank yevro kursini ham yangiladi. Yevro 14 213,31 so'm etib belgilandi, bu 125,08 so'mga o'sishni anglatadi.
Rossiya rubli esa 2,46 so'mga qimmatlashib, 153,71 so'mga teng bo'ldi. 23-dekabr kuni soat 16:00 holatiga ko'ra, tijorat banklari dollarning sotib olish kursini 11 955–12 010 so'm, sotish kursini esa 12 040–12 115 so'm qilib belgilagan.
Yevroning sotib olish kursi 13 000–13 900 so'm, sotish kursi esa 14 100–15 500 so'm oralig'ida belgilangan. Rossiya rubli esa 15-dekabr holatiga ko'ra, tijorat banklarida 90–144 so'mdan sotib olinib, 152–190 so'mdan sotilmoqda.