17:39 / 23.12.2025
2 253

O‘zbekistonda jinoyatlar soni qisqardi — rasmiy statistika

O‘zbekistonda 2025 yil yakunlariga ko‘ra jinoyatchilik umumiy hisobda kamaygan. Bu haqda yil sarhisobiga bag‘ishlangan anjumanda so‘z olgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari polkovnik Ramazon Ashrapov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yil davomida umumiy jinoyatlar soni 1 662 tadan 1 211 tagacha qisqargan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlanganlar hamda mast holatda sodir etilgan jinoyatlar keskin kamaygani qayd etildi. Masalan, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 4 167 tadan 3 214 taga, mast holatdagi jinoyatlar esa 2 004 tadan 1 650 taga tushgan.

Ishsizlar va guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni ham kamaygan. Yo‘l-transport hodisalari 9 365 tadan 8 738 taga qisqargani ham ijobiy ko‘rsatkich sifatida baholanmoqda.

Biroq ayrim jinoyat turlari hali ham jiddiy e’tibor talab qilmoqda. Xususan, 2025-yilda 288 ta qotillik jinoyati qayd etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan kamayish (2024-yilda 339 ta) bo‘lsa-da, ko‘rsatkich jamiyat uchun xavotirliligicha qolmoqda. Shuningdek, nomusga tegish holatlari 6 foizga oshib, 381 tani tashkil etgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing