
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 62 ta davlatdan mandarin import qilgan. Umumiy hajm 1,1 million tonna, qiymati esa 256,4 million AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga oshgan.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston bozoriga mandarin yetkazib berishda Pokiston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan 11 oy ichida 327,1 ming tonna mandarin olib kirilgan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston (314,3 ming tonna), uchinchi o‘rinda esa Ekvador (145,9 ming tonna) joy olgan.
Shuningdek, Xitoydan 124,6 ming tonna, Afg‘onistondan 58,5 ming tonna mandarin import qilingan. Qolgan 153,8 ming tonna mandarin esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda mandarin va banan importi o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonda mandarin va banan importi o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonga 370 mln dollarlik telefonlar import qilindi
Qozog‘iston bozorida meva-sabzavot importida yetakchi o‘zgardi
O‘zbekiston banan importini oshirdi: asosiy ulush Ekvadordan kelmoqda