17:30 / 23.12.2025
2 413

Shahloxonim “Milliy iftixor” mukofotiga loyiq deb topildi

22 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovining 18 turi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda aktrisa, boshlovchi va xonanda Shahlo Norova “Milliy iftixor” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga loyiq deb topildi.

Ushbu mukofot vatanparvarlik, jasorat, sadoqat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etish, shuningdek, yosh avlodni milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi. Tashkilotchilar Shahloxonimning ijodiy va jamoatchilik faoliyatini aynan shu mezonlarga mos, deb baholagan.

Mukofot tantanasidan so‘ng Shahlo Norova o‘zining Instagram sahifasida ushbu quvonchli voqea haqida post joylab, ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘xtamasdan harakat qilgan inson albatta natija ko‘radi. Bugun mukofot, ertaga yanada katta maqsadlar sari…” — deya yozdi aktrisa.

Muxlislar va hamkasblar Shahloxonimni ushbu e’tirof bilan qizg‘in tabriklab, unga yangi ijodiy zafarlar tilashdi. Ko‘pchilik bu mukofot uning faoliyatiga berilgan munosib baho ekanini ta’kidladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing