16:03 / 15.12.2025
1 619
O‘zbekistonda AQSH dollarining rasmiy kursi 16 dekabrdan oshadi

O‘zbekiston Markaziy banki 16 dekabr uchun AQSH dollarining rasmiy kursini 12 130,01 so‘m etib belgiladi. Ushbu valyuta 32,08 so‘mga oshdi.
Shuningdek, 16 dekabr holatiga ko‘ra, yevro kursi 14 245,48 so‘mni tashkil etdi, bu esa 50,98 so‘mlik o‘sishni ko‘rsatadi. Rubl kursi esa 1,27 so‘mga ko‘tarilib, 153,04 so‘mga yetdi.
15 dekabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, tijorat banklarida dollar 12 040-12 080 so‘m oralig‘ida sotib olinib, 12 130-12 190 so‘m oralig‘ida sotishni amalga oshirmoqda. Yevro kursi esa banklarda 13 000-13 940 so‘m oralig‘ida sotib olinib, 14 150-15 500 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.
Rublni esa banklar 90-144 so‘m oralig‘ida sotib olib, 152-190 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki, AQSH dollari, Yevro kursi, Rubl kursi, Tijorat banklari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing