08:57 / 19.12.2025
2 484

AQSHda o‘zbek talabasi va MIT professori o‘limining bog‘liqligi tekshirilmoqda

AQSH huquq-tartibot organlari o‘zbekistonlik Muhammadaziz Umurzakovning o‘ldirilishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs MIT professori Nuno Lureyroning o‘limiga ham aloqador bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda ABC nashri huquqni saqlash organlaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Hukumat gumonlanuvchi sifatida Klaudio Manuel Neveshe Valente ismli shaxsni tilga olmoqda. U ilgari Braun universiteti hududida otishma sodir etganlikda gumon qilingan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Valente Nyu-Gempshir shtatida o‘lik holda topilgan, u o‘z joniga qasd qilgan deb taxmin qilinmoqda. MIT professori Nuno Lureyroning o‘ldirilishi esa universitetdagi otishmadan ikki kun o‘tib sodir bo‘lgan.

Tergovchilar ushbu jinoyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ehtimolini o‘rganmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Valente Braun universitetida sobiq aspirant bo‘lgan.

U 2000 yilda dasturga qabul qilingan, ammo bir necha yil o‘tgach, o‘qishdan chetlatilgan. Uning shaxsi kuzatuv kameralaridagi yozuvlar va avtomobil ijarasi ma’lumotlari orqali aniqlangan.

Rasmiylar gumonlanuvchining motivlari va har bir hodisaga aloqadorlik darajasi haqida izoh bermagan. Eslatib o‘tamiz, Muhammadaziz Umurzakovning o‘ldirilishi 14 dekabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan edi. Qurollangan shaxs muhandislik binosida, imtihon davom etayotgan paytda o‘t ochgan.


Muhammadaziz Umurzakov, Nuno Lureyro, AQSH huquq-tartibot, Braun universiteti, MIT professori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing