11:37 / 19.12.2025
1 918

Yaponiya yadroviy quroldan voz kechishni tasdiqladi

Yaponiya, Bosh vazir devoni vakillaridan birining mamlakat yadroviy qurolga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotlariga qaramay, uchta yadrodan voz kechish tamoyiliga rioya qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda hukumat bosh kotibi Minor-u Kixara ma’lum qildi.

Kixaraning ta’kidlashicha, Tokio pozitsiyasi o‘zgarmagan: Yaponiya yadroviy qurolni ishlab chiqmaslik, unga egalik qilmaslik va o‘z hududida joylashtirmaslik tamoyillariga qat’iy rioya qiladi. Dunyoda yagona atom bombardimonini boshdan kechirgan mamlakat sifatida Yaponiya yadroviy qurol tarqalishini oldini olish bo‘yicha kelishuv rejimini mustahkamlash uchun amaliy choralarni ilgari surishda davom etishni rejalashtirmoqda, dedi u.

Jurnalistlarning yadroviy qurol haqidagi bayonot bergan amaldorga nisbatan javobgarlik yoki kadrlar qarori bo‘yicha savollariga javoban, Kixara to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi, faqat hukumat alohida chiqishlarni izohlamasligini ta’kidladi. Avvalroq Kyodo agentligi, Bosh vazir devoni vakili Sane Takaichi norasmiy suhbatda Yaponiyani yadroviy qurolga ega bo‘lish zarurligi haqida aytganini xabar qilgandi.


Yaponiya, Bosh vazir, Yadroviy qurol, Tokio pozitsiyasi, Kyodo agentligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing