12:57 / 19.12.2025
1 440

PSJ va Flamengo finalda 90 daqiqada g'olibni aniqlay olmadi


Chorshanba oqshomida PSJ va Flamengo Qit'alararo kubok finalida to'qnash keldi. Asosiy vaqt yakunida g'olib aniqlanmagani bois bahs qo'shimcha bo'limlarga ko'chdi.

Birinchi bo'limda fransuz jamoasi safida Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin esa Flamengo futbolchisi Jorjinyo Matvey Safonov qo'riqlayotgan darvozaga penalti tepib, muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'lim yakunida hakam 1:1 hisobida final hushtagini chaldi va o'yin qo'shimcha vaqtga o'tdi. 15 daqiqadan iborat ikki bo'limli qo'shimcha vaqtning birinchi qismi allaqachon boshlangan.

Qayd etish joiz, Matvey Safonov PSJ safida ketma-ket to'rtinchi uchrashuvini o'tkazmoqda.
PSJ jamoasi, Flamengo klubi, Qit'alararo kubok, Matvey Safonov, Xvicha Kvaratsxeliya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing