11:00 / 16.12.2025
11 049

Rejissyor Rob Rayner va rafiqasining o‘limida o‘g‘li gumon qilinmoqda

Rejissyor Rob Rayner va rafiqasining o‘limida o‘g‘li gumon qilinmoqda

2025 yil 16 dekabr kuni amerikalik rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi o‘limi yuzasidan ularning o‘g‘li Nik hibsga olingan va asosiy gumonlanuvchi sifatida tergov qilinmoqda. Bu haqda BBC huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Nik avvalroq giyohvandlik muammolari haqida gapirgan edi. Raynerlar oilasining jasadlari 14 dekabr kuni Brentvud tumanidagi uylarida topilgan.

Favqulodda xizmatlarni ularning qizi Romi chaqirgan. Rob Raynerning vafoti AQSHda katta rezonans keltirib chiqardi.

Kino olami vakillari, siyosatchilar va muxlislar oila a’zolariga hamdardlik bildirishmoqda. Rayner «Garri Salli bilan tanishganda», «Mizeri», «Malika-kuyov» hamda «Meni tark etma» kabi Amerika kinematografiyasi klassikasiga aylangan mashhur filmlar muallifi edi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing