Los-Anjelesda Rob Rayner va rafiqasi o'lik holda topildi

Amerikalik taniqli rejissyor Rob Reyner va uning rafiqasi Mishel Singer Reyner Los-Anjelesning Brentvud hududidagi uylarida o‘lik holda topildi. Bu haqda Amerika ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Ular 14 dekabr kuni kunduzi favqulodda xizmatlar chaqiruvidan so‘ng aniqlangan. Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Deutsche Welle nashrining yozishicha, jabrlanuvchilarda pichoqlangan jarohatlar mavjud. Er-xotinning o‘limi haqida Los-Anjeles meri Karen Bass va oila vakillari ham tasdiq berdi.
Politsiya hozircha gumondorlar yo‘qligini ma’lum qildi. Tergovchilar voqea joyida ishni davom ettirmoqda va yaqin qarindoshlarni so‘roq qilishni rejalashtirishmoqda.
Rob Reyner "Garri Salli bilan uchrashganda", "Mizeri", "Malika kelini" va "Meni tark etma" kabi mashhur filmlarning muallifi bo‘lgan. Uning ijodi Amerika kinoklassikasi sifatida tan olingan.
Rob Reyner, Mishel Singer, Los-Anjeles, Amerika kinoklassikasi, Deutsche Welle