Saudiya Arabistoniga o‘zbek sayyohlari oqimi 68%ga oshdi

2025 yil yanvar-oktyabr oylarida Saudiya Arabistoniga 237,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 68% ko‘pdir.
O‘zbekistonliklarning bu mamlakatga tashrif buyurishdagi asosiy maqsad ziyorat va turizm bo‘lib, bu yo‘nalishda 197,9 ming kishi safar qilgan. Shuningdek, 38,2 ming nafar fuqaro qarindoshlarini ko‘rish uchun borgan.
Bundan tashqari, 924 kishi davolanish, 66 kishi xizmat safarida bo‘lish va 31 kishi o‘qish maqsadida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumatining qaroriga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab haj ziyoratiga boruvchi fuqarolar uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etiladi.
Ushbu ma’lumotnomasiz qirollikka kirish imkoni bo‘lmaydi. Shuningdek, yurak, buyrak, o‘pka va jigar kabi og‘ir surunkali kasalliklarga chalingan, og‘ir ruhiy kasalliklar, demensiya va davolanayotgan onkologik kasalliklarga ega ziyoratchilar hajga qo‘yilmaydi.
Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston fuqarolari, Milliy statistika, Haj ziyorati, Tibbiy ko‘rik