
Braziliyada sodir bo‘lgan hayratlanarli hodisa mahalliy va xalqaro jamoatchilik e’tiborini tortdi — kuchli shamol ta’sirida Ozodlik haykalining nusxasi yiqilib tushdi. Bu haqda C1 portali batafsil ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 15 dekabr kuni Guaiba munitsipalitetidagi Havan savdo markazi oldida ro‘y bergan. 2020-yilda do‘kon ochilganidan buyon shu yerda turib kelgan katta haykal barcha zarur texnik sertifikatlar va mustahkamlik hujjatlariga ega bo‘lgani ta’kidlanadi.
Ogohlantirishlarga muvofiq, o‘sha kunning o‘zida hududda shamol tezligi soatiga 90 kilometrdan oshib ketishi mumkinligi aytilgan edi. Umumiy balandligi poydevori bilan birga 35 metrga yetadigan inshootning 24 metrlik qismi kuchli shamol zarbasiga dosh bera olmay ag‘darilgan. Eng muhimi, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hudud maxsus to‘siqlar bilan o‘rab olindi.