23:52 / 16.12.2025
1 735

Shirinliklar orasidan tilla chiqdi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari yirik miqdordagi noqonuniy zargarlik buyumlarini olib kirishga urinishni fosh etdi. Dubaydan kelgan fuqaro qimmatbaho tilla buyumlarni bojxona nazoratidan yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning shubhali xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan. Tekshiruv vaqtida qo‘l yuki, yo‘l sumkalari hamda shirinliklar qadoqlari ichiga ustalik bilan yashirilgan tilla buyumlar topildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida umumiy og‘irligi qariyb 300 gramm bo‘lgan, qiymati 438 million so‘mga baholangan zargarlik buyumlari aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Toshkent aeroporti, Bojxona xodimlari, Noqonuniy zargarlik, Qimmatbaho buyumlar, Surishtiruv ishlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing