01:04 / 19.12.2025
2 319

Vladimir But 1997 yilgi qit'alararo kubokni o'tkazib yuborgani uchun yig'lagan


Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq futbolchisi Vladimir But 1997 yilda sog'lig'idagi muammolar sabab Qit'alararo kubok finalida maydonga tusha olmagani uchun ko'ziga yosh kelganini aytdi. «Afsuski, 1997 yilda «Borussiya» Qit'alararo kubokni yutgan o'yinda men finalda o'ynay olmadim, chunki menga chov sohasidagi churraga oid operatsiya qilingan edi.

O'shanda 20 yoshda edim, albatta, juda xafa bo'ldim, hatto yig'lab yubordim», — deya Butning so'zlarini «Match TV» keltiradi. 1997 yil 2 dekabr kuni «Borussiya» Tokioda «Kruzeyro»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, Qit'alararo kubokni qo'lga kiritgan.

Vladimir But hozirda Novorossiyskning «Chernomorets» klubida sport direktori lavozimida ishlamoqda. Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni Qit'alararo kubok finalida «PSJ» «Flamengo» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi, penaltilar seriyasida esa parijliklar g'alaba qozondi.

Uchrashuv qahramoni rossiyalik darvozabon Matvey Safonov bo'ldi: u penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing