09:22 / 16.12.2025
4 390

Gaspertini: So'nggi zarba va pasda aniqlik yetishmayapti


A Seriyaning 15-turida "Roma" o'z maydonida "Komo"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo'limda kiritildi.

O'yindan so'ng rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gaspertini jamoasi harakatlarini baholadi: "Albatta, doim yanada yirikroq va ishonchliroq hisobda yutishni xohlaysan. Biroq bizga so'nggi zarba va so'nggi pasda aniqlik yetishmayapti.

Shunga qaramay, maydonda jamoa ko'p imkoniyatlar yaratdi", — deya Gaspertini so'zlarini Forzaroma.it keltirdi. Keyingi turda "Roma" A Seriya doirasida Turin "Yuventus"iga qarshi maydonga tushadi.

O'yin shanba, 20-dekabr kuni bo'lib o'tadi.
A Seriya, Roma jamoasi, Jan Pyero, Forzaroma it, Yuventus jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing