00:20 / 16.12.2025
7 455

Milan Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytirdi


Milan klubining rasmiy sayti xabar berishicha, jamoa qanot yarim himoyachisi Aleksis Salemakers bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Belgiya terma jamoasi futbolchisining “rossoneri” bilan tuzgan yangi bitimi 2031 yil iyunigacha amal qiladi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Salemakersning maoshi oshirilishi kutilmoqda. Joriy mavsumda belgiyalik vinger Milan safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa A Seriyaning 15 turidan so'ng 32 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Chempionatda esa boshqa Milan klubi Inter peshqadam: “neradzurrilar” hisobida bir ochko ko'proq.

Milan klubi, Aleksis Salemakers, Belgiya terma, A Seriya, Inter klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing