06:18 / 16.12.2025
5 226

Panuchchi: Kivu Inter futbolchilarining fikrini yangiladi


Italiyaning Milan klubi sobiq futbolchisi Kristian Panuchchi Interdagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Klub yozgi tanaffusda bosh murabbiyni almashtirdi: Simone Indzagi to'rt yillik faoliyatidan so'ng jamoani tark etdi, uning o'rnini esa Kristian Kivu egalladi.

Panuchchining aytishicha, Inter o'tgan mavsumda ham kuchli tarkibga ega bo'lgan, biroq jamoaga qo'shimcha turtki zarur edi. U Kivu futbolchilarning fikrlash tarzini yangilay olganini ta'kidladi.

Panuchchining so'zlarini fcinter1908.it keltiradi. Eslatib o'tamiz, Panuchchi faoliyati davomida Milan bilan bir qatorda Madridning Real klubida ham to'p surgan.

O'tgan dam olish kunlari Inter Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga kiritdi.
Kristian Panuchchi, Milan klubi, Simone Indzagi, Kristian Kivu, Italiya chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing