06:34 / 16.12.2025
5 429

Afrika millatlar kubogi tufayli Gavr ikki darvozabondan ayrildi


Hafta oxirida start oladigan Afrika millatlar kubogi Fransiya klublarini qiyin ahvolga solib qo'ydi: ko'plab jamoalar futbolchilarini milliy terma jamoalarga qo'yib yuborishga majbur. Eng katta yo'qotishlardan biri "Gavr"ga to'g'ri keldi — klub birdaniga ikkala asosiy darvozabonidan ayrildi.

Lionel Mpasi-Nzau Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga jo'nab ketdi, Mori Diav esa Senegal sharafini himoya qilish uchun yig'inga qo'shildi. Natijada "Gavr" Fransiya kubogidagi uchrashuvda 19 yoshli Pol Argnini maydonga tushirishga majbur bo'ladi — u klub safidagi ilk o'yinini o'tkazadi.

Fransiya chempionatida esa bu yil uchun o'yinlar yakunlangan. "Gavr" kubokda "Amyen"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing