
“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yaqinlashib kelayotgan “Latsio”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi. A Seriyaning o‘n uchinchi tur uchrashuvi 29-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
“Inter” bilan o‘yin biz uchun katta hissiyotlar taqdim etdi, ammo diqqatni yo‘qotmaslik kerak. Bizning maqsadimiz – kuchli to‘rtlikka kirish.
Yetti jamoani bor-yo‘g‘i 7 ochko ajratib turibdi. Sarri ajoyib ishlamoqda va uning “Latsio”si kurashga qaytmoqda”, – deya Allegri so‘zlarini klubning rasmiy sayti keltiradi.
“Bu qiyin o‘yin bo‘ladi: ular yaxshi tashkil etilgan, imkoniyatlarni cheklashadi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir. Derbidagi g‘alaba zo‘r bo‘ldi, ammo hozirgi eng muhim narsa – shanba kungi uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritish”, – deya qo‘shimcha qildi Allegri.
“Pulishichning maydonga tushishi dargumon, ammo o‘yin oldigacha vaqt bor va hammasi o‘zgarishi mumkin. Ximenes kelasi hafta jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytishi kerak.
Aleksis Salemakeers esa, aksincha, tiklanib bo‘ldi”. Matbuot anjumanidan so‘ng Pulishich taxminan 2 hafta maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Uning jamoasi hozirda 25 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Latsio” esa 18 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.
Massimiliano Allegri, Milan Jamoasi, A Seriya, Latsio O‘yini, Chempionlar Ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
«Milan» «Latsio»ni yengib, 1-o‘ringa chiqdi, "Yuventus"ni Yildiz qutqardi
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Pokoñoli: PSJ bilan o'yin katta sinov bo'ladi
"Inter" murabbiyi qattiq gapirdi: To'pni tezroq harakatlantiring