06:09 / 16.12.2025
5 204

Karrager: MYu va Bornmut o'yini mavsumning eng yaxshisi


Angliya Premyer ligasining 16-turi yakunidagi uchrashuvda «Manchester Yunayted» safarda «Bornmut» bilan 4:4 hisobida durang o'ynadi. Tomoshabop bellashuv «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerda katta taassurot qoldirdi.

Karragerning BBC Sport’ga aytishicha, bu o'yin APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi bahs bo'ldi: «Menimcha, biz bu mavsum chempionatdagi eng yaxshi uchrashuvni ko'rdik. Aynan shunday o'yinlar APLni o'zgacha liga qiladi.

Hatto u dunyodagi eng yaxshisi, deb aytishdan tortinmayman. O'yinning katta qismida «Manchester Yunayted» aql bovar qilmas darajada yaxshi harakat qildi».

Ushbu natijadan so'ng «Bornmut» Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda. «Manchester Yunayted» esa 5-pog'onaga ko'tarildi.

Angliya chempionati, Manchester Yunayted, Bornmut jamoasi, Jeymi Karrager, APL mavsumi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing