06:15 / 16.12.2025
5 230

Federiko Valverde 19 yoshli Valdepenyasning debyutini olqishladi


Yakshanba kuni himoyachi Viktor Valdepenyas Madridning “Real” klubi safida ilk bor maydonga tushdi. 19 yoshli chap qanot himoyachisining debyuti La Liga doirasida “Alaves”ga qarshi uchrashuvga to‘g‘ri keldi.

Yangi futbolchi asosiy tarkibda o‘yinni boshladi va “qaymoqranglilar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Federiko Valverde yosh futbolchining o‘yinini alohida ta’kidladi.

“Valdepenyasni tabriklayman, u debyutida a’lo darajada o‘ynadi. Biz u uchun juda xursandmiz va akademiyadagi yoshlar asosiy jamoada imkoniyat olishda davom etishiga umid qilamiz.

“Real”da ularning debyutini ko‘rish har doim yoqimli. Shubhasiz, ular uchun bu orzu.

Biz ularga zarur yordamni berishga doim tayyormiz”, — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Universal. Viktor Valdepenyasning chiqishini Madrid grandi bosh murabbiyi Xabi Alonso ham ijobiy baholadi.

Viktor Valdepenyas, Real klubi, La Liga, Yosh futbolchi, Xabi Alonso
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing